12:00 / 05.02.2022
18712

Payme’dan katta sovrinlar o‘yini

Foto: Payme

29 yanvar kuni Riviera Mall’ning markaziy zalida Payme kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan keng ko‘lamli tadbir bo‘lib o‘tdi va u yerda yuzlab guvohlar ko‘z o‘ngida uzoq kutilgan bosh supersovrinlar o‘yini o‘tkazildi.

Foto: Payme

Tadbir muhiti

«Ko‘k Choy» guruhining musiqiy jo‘rligida boshlovchilar ushbu hayajonli voqeani baham ko‘rish uchun majmuaga tashrif buyurganlarni faol taklif qilishdi. Aksiya ko‘lami, qimmatbaho sovg‘alar, ommaviy axborot vositalari vakillari va betakror boshlovchilarning ishtiroki ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Mehmonlar orasida katta o‘yin ishtirokchilari ham, shuningdek, nima bo‘layotganiga qiziqqan tasodifiy mehmonlar ham bor edi. Odamlar nafaqat yaratilgan sahna atrofida to‘planishdi, balki Riviera SKMning barcha 3 qavatidan bo‘lib o‘tayotgan tadbirni tomosha qilib turishdi.

Foto: Payme

Ishtirok etish shartlari va qimmatbaho sovg‘alar

Payme aksiyasida 1- dan 5-darajagacha erishgan yarim milliondan ortiq odam ishtirok etdi. Ilovaning har bir foydalanuvchisi ishtirok etishi mumkin edi. 22.11.21 dan 21.01.22 gacha ishtirokchilar Payme sodiqlik dasturida ballar to‘plashdi. Ballar Payme ilovasi orqali istalgan tranzaksiyani amalga oshirish orqali to‘planib, 100 so‘m uchun 1 ball tarifi bo‘yicha hisoblandi. 1- va undan yuqori darajaga yetgan barcha ishtirokchilar aksiya doirasida Yandeks.Plyusga 3 oylik obuna uchun promo-kodni, shuningdek aksiya hamkorlaridan boshqa bonuslarni qo‘lga kiritdilar.

21 yanvar kuni soat 23:59da tashkilotchilar tomonidan har bir ishtirokchining to‘plagan ballari qayd etildi. 22 yanvar kuni esa soat 10:00da sodiqlik dasturi ishtirokchilariga tezkor sovg‘alarning onlayn-o‘yiniga havola ko‘rsatilgan push-xabarnomalar yuborildi. To‘g‘ridan to‘g‘ri Payme ilovasida omadni sinab ko‘rish va tezkor sovg‘alardan birini, jumladan, hamkorlarning sovg‘alarini, pul mukofotlarini, maxsus merchlarni va texnikalarni yutib olish mumkin edi.

22 yanvar kunidagi aksiya yakuniga qadar yutib olinishi mumkin bo‘lgan tezkor sovg‘alardan tashqari, ishtirokchilar iPhone 13 Pro Max, PlayStation 5, Dubayga ikki kishilik sayohat, Maldiv orollariga ikki kishilik sayohat singari asosiy sovrinlar o‘yinida ham o‘z omadlarini sinab ko‘rishlari mumkin edi. Shunday qilib, 29 yanvar kuni to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda randomayzer yordamida bosh sovrinlarning omadli sohiblari aniqlandi.

Foto: Payme

Sovrinli o‘yin shaffofligining nazorati

Payme aksiyasi tashkilotchilari tanlovning maksimal shaffofligini namoyish etishga harakat qilishdi: ishtirokchilar jadvali, randomayzer tasvirlangan ekran va monitorlar va o‘sha kutilgan tugmani bosadiganlarning qo‘llari bir vaqtning o‘zida sahnadagi katta ekranda translatsiya qilindi. «Ishga tushirish» tugmasini ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalarida jarayonni qo‘shimcha ravishda translatsiya qiluvchi taklif etilgan blogerlar va yig‘ilganlar orasidan tanlab olingan tasodifiy odamlar bosishdi. Bundan tashqari, o‘yinda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi vakili ishtirok etdi.

Aksiya Instagram tarmog‘ida ham to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi, u yerda tomoshabinlar vaqti-vaqti bilan randomayzer sahifasini yangilashni yoki translatsiyani ma’lum rakurslardan ko‘rsatishni so‘rashdi.

Foto: Payme

Omadlilarning his-tuyg‘ulari

Jonli efirda bo‘lib o‘tgan tadbir doirasida 44 nafar supersovrin sohibi aniqlandi. Ulardan ba’zilari o‘z yutuqlari haqida bilib, vaqtlarini boy bermay, sovg‘alarini olib ketish uchun darhol «Riviera» SKM markaziga yetib kelishdi.

«Bugun menga qo‘ng‘iroq qilishdi va yutuqli o‘yinda g‘olib bo‘lganimni aytishdi. Taassurotlarim cheksiz, men juda xursandman. Bolaligimdan PlayStation’da katta zavq bilan o‘ynaganman. Ishxonamizda katta televizor bor, endi hamkasblarim bilan mana shunday vaqt o‘tkazishni rejalashtiryapman», — deya o‘yin g‘olibi Xurshid o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bugun mening tug‘ilgan kunim, biz kechki ovqatga o‘tirmoqchi bo‘lib turganimizda menga qo‘ng‘iroq qilishdi va g‘olib bo‘lganimni aytishdi. Avvaliga ishonmadim, keyin qo‘ng‘iroq qilib, aniqlik kiritdim. Voqealarning bunday burilishini umuman kutmagandim, lekin bugun tug‘ilgan kunimda mo‘jiza ro‘y berdi!» – deydi iPhone 13 Pro Max sohibiga aylangan Akmal.

Foto: Payme

Aksiya davom etadi!

Barcha ishtirokchilar uchun xushxabar: Payme’dan aksiya davom etadi! Bundan tashqari, foydalanuvchilar tomonidan to‘plangan barcha ballar saqlanib qoladi. Kompaniya yangiliklarini kompaniyaning sayti va Instagram va Telegram tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin.

Sayt: payme.uz

Instagram: instagram.com/payme.uz

Telegram: t.me/payme_uz

Reklama huquqi asosida

Top