Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Afg‘onistonda qor ko‘chkisi yuz berishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Bakhtar agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, hodisa Dangam tumanida sodir bo‘lgan.
Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Yanvar boshlarida Pokistonning Murri shahrida qor ko‘chkisi natijasida 20 nafardan ziyod odam halok bo‘lgandi.