07:41 / 07.02.2022
5394

«Mustaqillik maydoni» bekatida to‘xtab qolgan poyezd bo‘yicha izoh berildi

Toshkent metrosida poyezd «Mustaqillik maydoni» bekatida to‘xtab qolganiga izoh berildi. «Toshkent metropoliteni» rasmiy ma’lumot bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, kecha, 6 fevral kuni «Mustaqillik maydoni» bekatida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2-sonli yo‘nalishdagi harakat tarkibining texnik moslamalari mashinist tomonidan qayta ko‘rikdan o‘tkazilgan.

«Shu bois, ushbu poyezd harakati 2 daqiqaga kechikkan. Qisqa muddatli texnik ko‘rikdan so‘ng yo‘lovchilar ushbu poyezdda doimgidek harakatlanishgan», deyiladi ma’lumotda.

5 fevral oqshomida ham Toshkent metrosi poyezdi «Xalqlar do‘stligi» va «Milliy bog‘» bekatlari oralig‘ida to‘xtab qolgandi. Internetda hodisa video va suratlari tarqaldi.

Metropoliten ma’muriyati bergan axborotga ko‘ra, hodisaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Bu vaqtda mashinist kerakli chora-tadbir qo‘llab, harakat tarkibi «Milliy bog‘» bekatiga olib kelingan va barcha yo‘lovchilar bekatga tushirilgan.

Ushbu poyezdga yordam ko‘rsatish maqsadida keyingi navbatda harakatlanayotgan poyezd ham yo‘lovchilarni «Milliy bog‘» bekatida qoldirgan va ta’mir uchun «Chilonzor» elektrdeposiga yo‘naltirilgan.

Mavzuga oid
Top