16:52 / 07.02.2022
16488

Qarshi tumaniga hokim tayinlandi

Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Qarshi tumani hokimi etib tayinlangan.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 7 fevral kuni xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda tashkiliy masala ko‘rilgan.

Sessiyada deputatlar Yusupov Behzodjon Farhodovichni Qarshi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashgan.

Mazkur tayinlovgacha B.Yusupov Respublika Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kuni oldin Qarshi tumanining sobiq hokimi Maqsuda Mustafoyeva ishdan bo‘shatilgandi.

Top