Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘li qordan tozalanib, transport vositalari harakati uchun ochildi.
«Barcha haydovchilardan yetarlicha past tezlikda, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz», – deyiladi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabarida.
Ma’lumot uchun, 6–7 fevral kunlari O‘zbekistonning aksar hududlarida qor yog‘moqda. Taxtaqoracha dovoni 6 fevral kuni yog‘gan qor tufayli vaqtincha yopilgandi.