23:26 / 08.02.2022
15374

2022 yilgi «Oskar» mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi

Mukofotni topshirish marosimi 27 mart kuni o‘tkaziladi. Avstraliyalik rejissyor Jyeyn Kempion tomonidan suratga olingan «Ko‘ppak izmi» filmi eng ko‘p – 12 ta nominatsiya bo‘yicha «Oskar»ga da’vogarlik qilmoqda. 

Foto: AP

Amerika kinoakademiyasi har yili an’anaviy tarzda topshiriladigan «Oskar» kinomukofotiga nomzodlarni e’lon qildi.

Avstraliyalik rejissyor Jyeyn Kempion tomonidan suratga olingan «Ko‘ppak izmi» filmi eng ko‘p – 12 ta nominatsiya bo‘yicha, jumladan, «Eng yaxshi film» va «Eng yaxshi rejissyor» sovrinlariga da’vogarlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni «Qumtepa» (10 ta nominatsiya), «Vessayd qissasi» (7 ta) va «Belfast» (7 ta) filmlari egallab turibdi.

«Oskar» mukofotini topshirish marosimi 27 mart kuni o‘tkaziladi. Hozircha tadbirning boshlovchisi e’lon qilinmadi.

Asosiy nominatsiyalar bo‘yicha da’vogarlar:

Eng yaxshi film

  • «Ko‘ppak izmi» (The Power of the Dog)
  • «Belfast» (Belfast)
  • «CODA: Kar ota-ona farzandi» (CODA)
  • «Yuqoriga qaramang» (Don't Look Up)
  • «Mashinamni boshqar» (Drive My Car)
  • «Qirol Richard» (King Richard)
  • «Qumtepa» (Dune)
  • «Qizilmiyali pitssa» (Licorice Pizza)
  • «Dahshat xiyoboni» (Nightmare Alley)
  • «Vessayd qissasi» (West Side Story)

Eng yaxshi aktyor

  • Uill Smit, «Qirol Richard»
  • Xaver Bardem, «Rikardo rolida»
  • Benedikt Kamberbetch, «Ko‘ppak izmi»
  • Endryu Garfild, «Tik-tak… BUM!»
  • Denzel Vashington, «Makbet fojiasi»

Eng yaxshi aktyor ayol

  • Nikol Kidman, «Rikardo rolida»
  • Jyessika Chesteyn, «Temmi Fey ko‘zlari»
  • Oliviya Kolman, «Notanish qiz farzand»
  • Penelopa Krus, «Parallel onalar»
  • Kristen Styuart, «Spenser»

Eng yaxshi rejissyor

  • Kennett Brana, «Belfast»
  • Ryusuke Xamaguti, «Mashinamni boshqar»
  • Pol Tomas Anderson, «Qizilmiyali pitssa»
  • Jyeyn Kempion, «Ko‘ppak izmi»
  • Stiven Spilberg, «Vessayd qissasi»

Eng yaxshi xorijiy film

  • «Tangri qo‘li» (Italiya)
  • «Mashinamni boshqar» (Yaponiya)
  • «Qochish» (Daniya)
  • «Lunana: ajoyib xonadagi yak» (Butan)
  • «Dunyodagi eng yomon odam» (Norvegiya)

Eng yaxshi animatsion film

  • «Enkanto»
  • «Qochish»
  • «Mitchellar mashinalarga qarshi»
  • «Luka»
  • «Rayya va so‘nggi ajdar»
Mavzuga oid
Top