18:33 / 10.02.2022
12146
Rossiya harbiy-dengiz flotining oltita desant kemasi Sevastopoldagi harbiy-dengiz bazasiga kirdi

Kemalar Sevastopolda tekshiruvdan o‘tkaziladi hamda yonilg‘i, suv va oziq-ovqat zaxiralarini to‘ldiradi.

Foto: Rossiya mudofaa vazirligi

Rossiya Shimoliy va Boltiq flotlarining oltita katta desant kemasi Sevastopoldagi harbiy-dengiz bazasiga kirdi, deb xabar berdi “Izvestiya”.

«Rossiya harbiy-dengiz floti tarkibidagi "Koroleva", "Minsk", "Kaliningrad", "Pyotr Morgunov", "Georgiy Pobedonosets" va "Olenegorskiy gornyak" katta desant kemalari Yevropa atrofidagi harakatini yakunladi», — deyiladi Qora dengiz floti matbuot xizmati xabarida.

Kemalar Sevastopolda tekshiruvdan o‘tkaziladi hamda yonilg‘i, suv va oziq-ovqat zaxiralarini to‘ldiradi.

Qo‘shimcha qilinishicha, kemalar otryadi yaqin vaqt ichida jangovar tayyorgarlik rejasi bo‘yicha vazifalarni bajarishga kirishadi.

Ma’lumot berilishicha, Rossiya qurolli kuchlari tayyorgarlik rejasiga ko‘ra, fevralda flotlar mas’ul bo‘lgan barcha hududlarda harbiy-dengiz mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. 

 

Mavzuga oid
Top