16:36 / 11.02.2022
8919
Afg‘onistondagi masjidlardan birida yuz bergan portlash oqibatida 10ga yaqin inson halok bo‘ldi

Portlash Qal’ai Nav shahrida, namozxonlar masjidni tark etayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Illyustrativ foto / thaipbsworld.com

Afg‘oniston shimoli-g‘arbida joylashgan Bodg‘is viloyatidagi masjidlardan birida portlash yuz berdi. Bu haqda TOLOnews telekanali xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, portlash Qal’ai Nav shahrida, namozxonlar masjidni tark etayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Portlash oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Aamaj News agentligi.

Mavzuga oid
Top