15:44 / 11.02.2022
8454

Mask Starship sayyoralararo kemasini namoyish etdi

 Ta’kidlanishicha, Super Heavy tashuvchi-raketasi kosmosga uchirilgan eng yirik Saturn V raketasidan ham kuchliroq.

Foto: SpaceX

SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Starship kosmik kemasining yangilangan versiyasi taqdimotini o‘tkazdi.

Starship tizimi kosmik kema va Super Heavy tashuvchi-raketasidan iborat. Hozirda kompaniya tizimni ko‘p marta foydalaniladigan qilish hamda Oy va Marsga parvozlarni amalga oshirish ustida ish olib bormoqda. 

Kema kosmosga chiqqanidan so‘ng tashuvchi-raketa ajraladi va parvoz minorasiga qaytadi. Kelgusida tizimdan har 6-8 soatda foydalanish mumkin bo‘ladi. 

 Maskning ta’kidlashicha, Super Heavy tashuvchi-raketasi kosmosga uchirilgan eng yirik Saturn V raketasidan ham kuchliroq. Hozirda raketa 29ta dvigatelga ega, kelajakda dvigatellar soni 33ta bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, ikki-uch yil ichida Starship parvozi qiymati 10 mln dollardan arzonroqqa tushadi. Falcon 9 raketasining parvozi 60 mln dollar atrofida.

Mavzuga oid
Top