10:35 / 11.02.2022
4590

O‘zbekistonga import benzin asosan Rossiya va Turkmanistondan olib kelinmoqda 

2021 yilda O‘zbekistonga qancha benzin import qilingani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: TASS

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekistonga qiymati 136,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 341,5 mln litr avtomobil benzini import qilingan. 

Qayd etilishicha, avtomobil benzini importi 2020 yil bilan solishtirilganda 97,3 mln litrga oshgan.

O‘zbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda – 172,5 mln litr. Keyingi o‘rinlarda 147,8 mln litr benzin olib kelingan Turkmaniston va 16 mln litr benzin import qilingan Qozog‘iston bormoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Iroqdan 3,6 mln litr benzin import qilgan, Erondan esa 1,8 mln litr benzin olib kirilgan.

Avvalroq, O‘zbekiston benzin importini oshirgani xabar berilgandi.

2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 115,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 308,4 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112 mln litrga oshgan.

Top