19:00 / 11.02.2022
13679
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Jeenbekovning qudasi hibsga olindi

U tovlamachilikda gumon qilinmoqda.

Foto: RIA Novosti

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekovning qudasi, parlament sobiq deputati Aliyarbek Abjaliyev hibsga olindi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, sobiq deputat tovlamachilikda gumonlanib qo‘lga olingan.

Mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq deputat hibsga olinganini tasdiqlagan, ammo uning ism-sharifini ma’lum qilmagan.

"Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga parlament sobiq deputati, fuqaro A.A.ning tovlamachilik harakatlari natijasida 2 million dollar zarar ko‘rgan tadbirkor murojaat qildi. A.A. qo‘lga olingan, unga nisbatan tegishli ayblov e’lon qilingan", - deyiladi qo‘mita xabarida.

Top