15:30 / 11.02.2022
15197

Yodju talabasi Gran-pri sohibasi bo‘ldi

Foto: Yodju

Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan adabiyot mavzusidagi xalqaro konferensiyada Abduqodirova Sevinch Gran-prini qo‘lga kiritdi. 

Janubiy Koreyaning TOP universitetlaridan taklif qilingan professor-o‘qituvchilar hakamlik qilgan ushbu tanlovda 25 ta mamlakatdan 258 nafar talaba bir hafta davomida bilimda kuch sinashdilar. 

Kuni kecha Koreya Respublikasining bosh vazir o‘rinbosari va ta’lim vaziri Yu Yun-xe (Yoo Eun-hae) tomonidan yo‘llangan tabrik, oltin medal va faxriy yorliq talabaga taqdim etildi. 

Shuningdek, 25 ta mamlakat ichida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan iqtidorli talabamiz Sevinch Abduqodirovaga Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim dargohlaridan birida magistratura dasturini grant asosida o‘qish uchun imtiyoz ham berildi.

Sayt : www.ytit.uz

Telegram : t.me/yodju

Feysbuk: fb.com/ytit.uz

Instagram: instagram.com/ytit.uz

YouTube: youtube.com/channel

Reklama huquqi asosida

Top