17:33 / 14.02.2022
131767
Nokia yangi budjet smartfonini namoyish etdi

Smartfon 4/6 GB tezkor va 64/128 GB doimiy xotiraga ega. U Android 11 operatsion tizimida ishlaydi.

Foto: Nokia

HMD kompaniyasi o‘zining Nokia G21 smartfonini namoyish etdi, deb xabar berdi GSMArena.

Yangi smartfon avvalgi G20 modelidan ekrani bilan farq qiladi – u 90 Gsli diagonali 6,5 dyuym bo‘lgan HD+ displey bilan jihozlangan. Smartfonning old kamerasi 8 Mp.

Smartfonga sakkiz yadroli Nokia G21 protsessori o‘rnatilgan. U 4/6 GB tezkor va 64/128 GB doimiy xotiraga ega.

G21 Android 11 operatsion tizimida ishlaydi, ammo tez vaqt ichida 12-versiyagacha yangilanishiga va’da berilmoqda.

Smartfonga uchta - 50 Mp bo‘lgan bitta asosiy va 2 Mp bo‘lgan ikkita kamera o‘rnatilgan.

Akkumulyator sig‘imi 5050 mAchni tashkil etadi.

Nokia G21 smartfoni narxi 186 dollardan boshlanadi.

Mavzuga oid
Top