Sudyalar oliy kengashi qarori bilan yana 2 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabar berishicha, Kengashning joriy yil 14 va 15 fevraldagi qarorlariga ko‘ra:
Andijon viloyati JIB Andijon shahar sudining raisi – Rustamjon Turginov yozma arizasiga binoan;
Samarqand viloyati JIB Jomboy tuman sudining raisi – Mamayusub Sheryigitov yozma arizasiga binoan;
Buxoro viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi – Sherzod Ne’matov sudyalik qasamyodini buzgani uchun lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.
Bundan tashqari, mas’uliyatsizligi va faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun:
Xorazm viloyati JIB Xonqa tuman sudining raisi – Mehribon Hasanova;
Navoiy viloyati FIB Karmana tumanlararo sudining raisi – Sherali Tog‘ayev intizomiy javobgarlikka tortilgan.