07:35 / 15.02.2022
7094

Auksion orqali 7 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

O‘tgan hafta davomida, 7 – 13 fevral kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 2,3 trln so‘mlik tovarlar sotildi, bu avvalgi haftaga nisbatan 16,4 foizga ko‘p.

Foto: Kun.uz

Sotuvlarning 88,6 foizi birja savdolari, 0,1 foizi ko‘rgazma-yarmarka savdolari, 10,9 foizi elektron davlat xaridlari va 0,3 foizi avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 530 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 7 mlrd so‘mni tashkil qildi. 

Savdolar natijasida bitimlarning 5,6 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 9,6 foizi ikkinchi, 8,7 foizi uchinchi, 11,9 foizi to‘rtinchi, 23,2 foizi beshinchi va 41 foizi oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishli bo‘ldi.

Avvalroq, 2021 yilda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln so‘mni tashkil qilgani xabar berilgandi.

2021 yilda O‘zbekiston bo‘yicha birja orqali 139,4 mingdan ziyod avtoraqam 298,8 mlrd so‘mga sotilgan. Avtoraqamlar avtoraqam.uzex.uz saytida shaffof onlayn-auksionlar orqali sotilgan bo‘lib, chiroyli avtoraqamlarning sotuvi 2020 yilga nisbatan son jihatdan 40 foizga, hajmi bo‘yicha – 21 foizga o‘sgan.

Hududlar kesimida sotilgan eng ko‘p «chiroyli» avtoraqamlar Toshkent shahri viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu hududlarda sotilgan avtoraqamlardan 142 mlrd so‘mdan ziyod pul tushgan.

Mavzuga oid
Top