16:41 / 16.02.2022
10723

Markaziy bank yirik miqdorda oltin sotib oldi

O‘zbekiston Markaziy banki dekabr oyida 8,5 tonna oltin sotib olib, dunyodagi yirik oltin xaridorlaridan biriga aylandi.

World Gold Council 2021 yil dekabr oyida jahon bozoridagi oltin oldi-sotdisi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston noyabr oyida 21,5 tonna oltin sotganidan keyin yilning oxirgi oyida 8,4 tonna sotib olib, zaxiralarni to‘ldirdi.

“Oltin zaxiralarini faol boshqarayotgan O‘zbekiston uchun bunday oldi-sotdi odatiy hol”, – deyiladi World Gold Counsil sharhida.

Dekabr oyidagi yalpi xaridlarda 3ta mamlakat yetakchilik qilgan: Turkiya, O‘zbekiston va Hindiston.

Turkiya 10,1 tonna oltin sotib olib, oltin zaxirasini 394,2 tonnaga yetkazdi. Hindiston esa qo‘shimcha 3,7 tonna oltin sotib oldi va yil oxiriga kelib umumiy oltin zaxiralari 754,1 tonnaga yetdi.

Qirg‘iziston (1,1 t), Chexiya (0,4 t) va Ukraina (0,3 t) ham oy davomida yirik xaridlarni amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxirasi yil boshida 35,13 mlrd dollarni tashkil qilgandi. Raqamlar o‘tgan bir oyda O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari qariyb 400 mln dollarga ko‘payganini ko‘rsatmoqda.

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov yanvar oyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida regulyator har oyda 80-100 tonna monetar oltin sotishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top