O‘zbekiston 2021 yilda 24 ta xorijiy davlatdan qiymati 42,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 32,2 ming tonna choy import qilgan.

Foto: Shutterstock
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, choy importi 2020 yil bilan solishtirilganda 836 tonnaga oshgan.
2021 yilda O‘zbekiston choy mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 25,8 ming tonna.
Keyingi o‘rinlardan 2,2 ming tonna choy olib kelingan Keniya va 1,4 ming tonna choy import qilingan Eron joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Hindiston – 572 tonna;
- Indoneziya – 523 tonna;
- Shri-Lanka – 436 tonna;
- Vetnam – 430 tonna;
- Rossiya – 396 tonna;
- BAA – 239 tonna;
- Qozog‘iston – 34,3 tonna;
- Turkiya – 23 tonna;
- Pokiston – 23 tonna;
- Gruziya – 15,6 tonna;
- Ozarboyjon – 10,4 tonna;
- Ukraina – 8,4 tonna;
- Germaniya – 1,9 tonna.