17:00 / 16.02.2022
16105

Samsung Electronics Galaxy S22 smartfonlar seriyasini taqdim etdi va oldindan buyurtma qilish imkoni haqida e’lon qildi

Foto: Samsung

Yangi Galaxy S22 Ultra ikkita flagmanlik to‘plamining eng yaxshi xususiyatlari – Note seriyasi kuchi, S seriyasi unumdorligini va professional darajadagi sifatga ega kamerani o‘zida birlashtirdi. Shuningdek, Galaxy S22 yangi seriyasiga oldindan buyurtma qilsangiz, sovg‘a sifatida Galaxy Watch4 soatini qo‘lga kiritasiz.

Qurilmaga o‘rnatilgan S Pen ilk marta S seriyadagi qurilmalarda paydo bo‘ldi. Kechikishning 70 foizga pasayishi maksimal darajadagi tabiiy taassurotlar va ilovalarning imkoniyatlari yanada kengayishini ta’minlaydi.

S22 seriyasidagi qurilmalarning tungi suratga olish funksiyalari sizga kunning istalgan qismida ham old kamera, ham asosiy kamera bilan yuqori sifatli videotasvirlarni olish imkonini beradi. 2,4 mkm o‘lchamli piksellarga ega sensorlar tufayli kamera obektivi ko‘proq yorug‘lik va ma’lumotlarni qamrab olishi va videolaringizdagi yorug‘lik va tafsilotlarni optimallashtirishi mumkin. S22 Ultra telefonlaridagi Super Clear Glass linzalari tungi vaqtda yanada yorqin, tiniq va dog‘larsiz videolarni suratga olishni ta’minlaydi. Kattalashtirish funksiyasi obektni 100 martaga yaqinlashtirib beradi. Yangi AI funksiyalari bilan har bir fotosurat PRO (professional) darajadagi sifatga ega bo‘ladi.

Galaxy S22 seriyasi sizga betakror suratlarni olish uchun barcha kerakli vositalarni taqdim etadi. Masalan, «ko‘zgu» effektiga ega fotoapparatlardagi singari tahrirlash uchun to‘liq asboblar to‘plamiga ega Expert RAW ilovasidan foydalanish imkoni. Shuningdek, siz ISO va ushlab turish sozlamalari yordamida suratlaringizni yoritishingiz yoki qoraytirishingiz, fotosuratni iliqroq yoki sovuqroq qilish uchun oq rang muvozanatini sozlashingiz hamda istagan effektingizga erishish uchun qo‘lda kerakli obektga fokuslashingiz mumkin.

Galaxy S22 Ultra telefonidagi 6,8 dyuymli g‘aroyib Dynamic AMOLED 2X displeyi 1750 nitga teng bo‘lgan maksimal yorqinlikda eng mayda tafsilotlarni namoyish etib, tasvirni jonlantiradi.

Kuchli akkumulyator Galaxy S22 Ultra telefonlariga kun bo‘yi va undan ham uzoqroq vaqt davomida qo‘shimcha quvvatlashsiz ishlash imkonini beradi. Smartfon maksimal quvvati 45 Vt bo‘lgan o‘ta tez quvvatlash funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi – 50 daqiqali videoni yozib olish uchun bor-yo‘g‘i 10 daqiqa davomida elektr tarmoqqa ulanish yetarli.

 Galaxy S22 seriyasidagi barcha qurilmalar Samsung kompaniyasining Knox Vault xavfsizlik platformasi bilan himoyalangan bo‘lib, u telefonning asosiy operatsion tizimida maxfiy ma’lumotlarni butunlay alohida saqlaydi.

Samsung shuningdek, katta displey va kuchli ishlash unumdorligiga ega bo‘lgan yangi Galaxy Tab S8 planshetlarini ham sotuvga chiqardi. Yangi S Pen funksiyasi bilan yaxshilangan videokonferensiyalar, ko‘p vazifalilik, veb qidiruvlar va ijodkorlik imkoniyatlari ushbu planshetlardan foydalanish tajribasiga katta o‘zgartirishlar kiritadi.

Oldindan buyurtma

2022 yilning 10 fevralidan 10 martiga qadar Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlarga oldindan buyurtma berib qo‘ysangiz, Galaxy Watch4 soatini sovg‘a tariqasida olishingiz mumkin:

- Galaxy S22 Ultra smartfoniga oldindan buyurtma berilganda, Galaxy Watch4 44mm sovg‘a qilinadi.

- Galaxy S22/S22+ smartfoniga oldindan buyurtma berilganda esa Galaxy Watch4 40mm sovg‘a qilinadi.

Galaxy S22 yangi seriyasidagi smartfonlarni O‘zbekistonga olib kelish 2022 yilning mart oyi o‘rtalariga rejalangan.

Sovg‘alar soni cheklangan.

Foyda bilan xarid qilishga ulgurib qoling.

Oldindan buyurtma qilish aksiyasi shartlari bilan tanishish, shuningdek oldindan buyurtma berish uchun Samsung'ning rasmiy veb-saytiga kiring.

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @SamsungUzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Sayt: Samsung.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top