14:26 / 18.02.2022
17207

Paxtaobod tumani hokimi o‘zgardi

Markaziy bank viloyat boshqarmasi boshlig‘i Elyorbek Usmonov tuman hokimiga aylandi.

Foto: Kun.uz

Elyorbek To‘lqinovich Usmonov Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

E.Usmonov 1986 yilda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan. 2007 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul muomalasi departamenti pul muomalasini tahlil qilish va taxminlash boshqarmasi yetakchi iqtisodchisi vazifasidan boshlagan.

U 2008 yildan Markaziy bank pul muomalasi departamenti pul muomalasini tahlil qilish va taxminlash boshqarmasi bosh iqtisodchisi, Markaziy bank pul muomalasi departamenti pul muomalasini tashkil etish va tartibga solish boshqarmasi bosh iqtisodchisi, hisob-kitoblar monitoringi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Markaziy bank Andijon viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Elyorbek Usmonov tayinlovga qadar Markaziy bank Andijon viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan. U 2018 yil yozidan buyon Paxtaobod tumaniga rahbarlik qilib kelgan Mahmudjon Bozorovni almashtirdi.

Bundan oldinroq Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari O‘tkirbek Shukurov Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid
Top