11:27 / 18.02.2022
16378

Yanvar oyida o‘zbekistonliklar banklardan 614 mln dollar sotib oldi

Foto: Kun.uz

2022 yilning birinchi oyida O‘zbekiston aholisi banklardan 613,6 million dollar xarid qildi, bu o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 231 million dollarga yoki 61 foizga ko‘pdir. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Yanvar oyida aholidan chet el valutasini xarid qilish hajmi 11 foizga oshdi. O‘tgan oyda banklar fuqarolardan 464,2 million dollar sotib oldi, bu 2021 yilning shu davriga nisbatan 44 million dollarga ko‘pdir.

Yanvar oyida banklarda dollar kursi 10 910 so‘m, xarid diapazoni 10 800 so‘mdan 10 890 so‘mgacha bo‘lgan. O‘zbekiston Hisob palatasi 2022 yilda dollar kursi 11 300 so‘mdan yuqori bo‘lishini bashorat qilgan edi.

Top