21:31 / 21.02.2022
2025

6 nafar sudya bilan “xayrlashildi”

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabar berishicha, so‘nggi kunlarda 4 nafar sudya o‘z arizasiga ko‘ra, 2 nafari odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgani uchun lavozimidan ozod etildi.

Xususan, Kengash qarori bilan odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgani uchun:

Namangan viloyati JIB Namangan shahar sudining raisi – Baxtiyor Tavakkalov;

Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining raisi – Kamoliddin Xolmuhammedovning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilib, lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek, Kengash qarori bilan:

Toshkent viloyati JIB Zangiota tuman sudining raisi – O‘ktam Xoliqov;

Toshkent viloyat sudining FIB sudyasi – Xilola Begaliyeva;

Andijon viloyati JIB Qo‘rg‘ontepa tuman sudining raisi – Isoqboy Ergashev;

Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi – Ma’ruf Saidov o‘z arizalariga ko‘ra, lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

Top