22:42 / 21.02.2022
10948

JSST vakili koronavirus pandemiyasi tugashi mumkinligini aytdi

Melita Vuynovichning ta’kidlashicha, bu virus butunlay yo‘q bo‘lib ketishini anglatmaydi.

Foto: Reuters

Koronavirus pandemiyasi 2022 yilda tugashi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ana shunday taxmin bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, omikron to‘lqini pasayganidan so‘ng kasallikning yangi to‘lqinlari paydo bo‘lmasligi mumkin.

Shu bilan birga, Vuynovichning ta’kidlashicha, bu virus butunlay yo‘q bo‘lib ketishini anglatmaydi.

"Ammo omikron yer yuzini aylanib chiqqanidan so‘ng, kasallanishlar tugashi mumkinligi borasida ehtiyotkorona optimizm mavjud", — dedi u.

Mavzuga oid
Top