22:11 / 21.02.2022
582
Marg‘ilon shahrida tabiiy gaz iste’molidan qarzdorlikni o‘chirib bermoqchi bo‘lgan mutaxassis ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti

“Marg‘ilonshahargaz” bo‘limi aholi iste’molchilari bilan ishlash xizmati yetakchi mutaxassisi xizmat xonasida pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, “Marg‘ilonshahargaz” bo‘limi aholi iste’molchilari bilan ishlash xizmati yetakchi mutaxassisi M.O. xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro X.ning xonadonida gaz iste’moli hisobidan vujudga kelgan 3,7 mln so‘m qarzdorlikni bazadan o‘chirib berish hamda yangi gaz hisoblagich o‘rnatib berish evaziga jami 2,3 mln so‘mni o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Farg‘onada Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, pul talab qilgan firibgar ushlanganligi xabar qilingan edi.

Mavzuga oid
Top