10:42 / 21.02.2022
3964
Qamchiq dovonida Lacetti xandaqqa tushib ketdi – video

Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 20 fevral kuni soat 18:34da A-373-xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan 238-kilometrida “Vodiy – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan.

Voqea joyiga “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari hamda tegishli xizmatlar yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni xandaqdan chiqarib olishgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Avvalroq, perevalda Epica xandaqqa tushib ketgani xabar qilingan edi.

Mavzuga oid
Top