16:36 / 22.02.2022
1740

Jizzax viloyatida 2021 yilda YTHlar oqibatida qancha odam vafot etgani ma’lum qilindi

Viloyatda sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 372 kishi jiddiy jarohat olgan.

Foto: IIB axborot xizmati

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 2021 yilda viloyatda 447 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ulardan 151 ta holatda transport vositalari o‘zaro to‘qnashgan. 52 ta holatda mashinalar ag‘darilib ketgan. 11 holatda transport vositalari to‘xtab turgan mashinalarga, 27 holatda esa to‘siqlarga urilgan.

Sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida, 26 nafar velosipedchi jabrlangan. 175 ta holatda esa piyodalarga aziyat yetgan. Ulardan 92 nafari bolalar bo‘lgan.

Jami yo‘l-transport hodisalarida 372 nafar fuqaro jiddiy jarohat olgan,  152 nafari hayotdan ko‘z yumgan. Ularning 13 nafari yosh bolalar bo‘lgan.

20 ta holatda piyodalar mast holda yo‘lni kesib o‘tganda yoki serqatnov yo‘l yoqasida harakatlangani tufayli jabrlangan.

Jumladan, 2021 yili viloyatda 13 nafar bola avtohalokatlar bois vafot etgan.

Top