13:55 / 22.02.2022
6048

O‘zbekistonda yanvar oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum qilindi

Hududlar orasida eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibining xabar berishicha, 2022 yilning yanvar oyida yurtimizda 69 198 nafar chaqaloq tug‘ilgan.

Yanvar oyida tug‘ilganlar:

— o‘g‘il bolalar soni – 35 401 nafar;

— qiz bolalar soni – 33 797 nafarni tashkil etgan.

Hududlar orasida eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida qayd etilgan – 8 516 nafar.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning ilk sutkasida O‘zbekistonda 2 316 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. 2018 yilning xuddi shu kuni 1 961 nafar, 2019 yilda — 1 708 nafar, 2020 yilda 1 974 nafar, 2021 yilda esa 1 644 nafar chaqaloq tug‘ilgan.

Mavzuga oid
Top