07:58 / 25.02.2022
24683

Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi 

Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritmoqda. Bu haqda Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen ma’lum qildi.

Foto: EITB

Ursula fon der Lyayyenning so‘zlariga ko‘ra, quyidagi cheklov choralari ko‘riladi: 

  • Rossiya bank bozorining 70 foiziga va asosiy davlat kompaniyalari, shu jumladan mudofaa sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalarga ta’sir qiluvchi moliyaviy sanksiyalar;
  • energetika sohasidagi sanksiyalar, shundan keyin Rossiya neftni qayta ishlash zavodlarini modernizatsiya qila olmaydi;
  • Rossiyaga samolyotlar va aviatsiya uskunalarini sotishni taqiqlash;
  • Rossiyaning texnologiyalar, shu jumladan yarimo‘tkazgichlardan foydalanishini cheklash;
  • viza sanksiyalari - diplomatlar va biznes vakillari endi Yevropa ittifoqi mamlakatlariga kirish imtiyozlaridan foydalana olmaydi. 

Avvalroq, Ukraina prezidenti xalqqa yangi murojaat bilan chiqqandi

U Rossiya harbiylari uchun «birinchi raqamli nishon» sifatida belgilanganini ta’kidladi. Biroq, u Kiyevning hukumat kvartalida qolmoqda. 

Prezident fuqarolarni yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslik, komendantlik soatiga rioya qilish va ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.  

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top