10:02 / 01.03.2022
2036
Fevral oyida tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashdi

Fevral oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Shutterstock

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning fevral oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashdi. 

Qayd etilishicha, yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksining o‘sish darajasi 9,7 foizga yetdi. 

2022 yilning fevral oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 0,6 foizga oshdi.

Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari va aholiga pulli xizmatlar 0,5 foizga oshdi.

Top