15:08 / 01.03.2022
9568
Hindistonning eng yirik banki Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Tranzaksiyada ishtirok etayotgan tomonlardan biri sanksiyalarga tushgan Rossiya kompaniyasi yoki banki bo‘lsa, qaysi valutada bo‘lishidan qat’i nazar, pul o‘tkazish taqiqlanadi.

Foto: AP

Hindistonning eng yirik State Bank of India (SBI) banki Rossiyaning G‘arb sanksiyalariga tushgan kompaniyalari bilan hamkorlikni to‘xtatdi, deb xabar berdi Reuters.

Qayd etilishicha, tranzaksiyada ishtirok etayotgan tomonlardan biri sanksiyalarga tushgan Rossiya kompaniyasi yoki banki bo‘lsa, qaysi valutada bo‘lishidan qat’i nazar, pul o‘tkazish taqiqlanadi.

Xabarda aytilishicha, bank alohida mamlakatlar tomonidan kiritilgan qonun va cheklovlarni buzishni istamaydi. Shuningdek, SBI o‘z hamkorlarini kontragentlarni sinchkovlik bilan tekshirishga chaqirgan.

Fevral oxirida Yevroittifoq, AQSh va boshqa ayrim davlatlar Rossiya banklari va kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar joriy etgandi.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top