15:50 / 01.03.2022
10904
Jonson Rossiyani BMT Xavfsizlik kengashidan chiqarishni so‘ramoqchi
Foto: Getty Images

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Rossiyani BMT Xavfsizlik kengashidan chiqarishni so‘rashi kutilmoqda.

Boris Jonson ayni damda Polshada bo‘lib turibdi. U Yevropadagi ittifoqchilari bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilmoqchi. Jonsonning aytishicha, Britaniya bosqinning oqibatlari kuchliroq bo‘lishi uchun Rossiyaga keskin bosim o‘tkazmoqchi.

Jonson Rossiyani BMT Xavfsizlik kengashidan chiqarish masalasini kun tartibiga ko‘tarishni o‘ylamoqda.

Shuningdek, u Yevropa Rossiyadan gaz va neft eksport qilishni to‘xtatishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

«Ochig‘i, Ukraina uzra uchish taqiqlangan hudud tashkil qila olmaymiz, bu Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuvga olib keladi.

Yevropa og‘riqli oqibatlarga qaramay, rus gazi va neftidan kechishi kerak», degan u.

BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari AQSh, Xitoy, Britaniya, Fransiya va Rossiya hisoblanadi. Aynan shu 5 davlat Xavfsizlik kengashi qaroriga veto qo‘ya oladi. Kengashning yana 10 ta a’zosi esa har yili o‘zgarib turadi.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top