17:38 / 01.03.2022
21642

Polsha Ukrainaga harbiy samolyotlarini yubormasligini ma’lum qildi

Polsha prezidentining so‘zlariga ko‘ra, NATO Ukrainadagi nizo ichida emas.

Foto: Reuters

Polsha Ukrainaga harbiy samolyotlarini yubormaydi, chunki NATO nizo tarafida emas. Bu haqda Polsha prezidenti Anjyey Duda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan birgalikdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Biz samolyotlarimizni yubormaymiz, chunki bu Ukrainadagi nizoga harbiy aralashuv va NATOning ushbu nizoga qo‘shilishini anglatadi. NATO bu nizo tarafida yo‘q", - dedi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaga Polsha samolyotlari yuborilmayapti.

Avvalroq Ukraina harbiy-dengiz kuchlari matbuot xizmati Bolgariya, Polsha va Slovakiya Ukrainaga 70ta harbiy samolyot yuborishini ma’lum qilgandi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top