11:30 / 01.03.2022
39599
Rossiya G‘arbga nisbatan javob sanksiyalarini e’lon qildi

Rossiya eksportyorlari uchun valuta tushumlarining 80 foizini mamlakat rezidentlariga majburiy sotishi belgilanmoqda. Xorijiy valutani chet elga olib chiqish cheklab qo‘yiladi.

Foto: Sputnik / Aleksey Nikolskiy

Vladimir Putin «AQSh, unga qo‘shilgan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning nodo‘stona harakatlari munosabati bilan maxsus iqtisodiy choralarni qo‘llash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Belgilanishicha, 1 martdan boshlab:

  • mamlakat rezidentlari xorijdagi banklar va moliya tashkilotlarida ochilgan hisobraqam va omonatlariga chet el valutasini o‘tkaza olmaydi;
  • elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda xorijiy to‘lov xizmatlari provayderlariga pul o‘tkazmalarini (bank hisobvarag‘ini ochmasdan) amalga oshirish bekor qilinmoqda;
  • kredit shartnomasi bo‘yicha norezidentlarga xorij valutasini o‘tkazish taqiqlanmoqda.

Bundan tashqari, Rossiya eksportyorlari uchun valuta tushumlarining 80 foizini mamlakat rezidentlariga majburiy sotishi belgilandi.

Ushbu farmon kuchga kirgan kundan boshlab uch kun ichida amaliyotga tatbiq qilinishi belgilangan.

Avvalroq, G‘arb davlatlari kollektiv ravishda Rossiya Markaziy banki aktivlarini muzlatishga qaror qilgandi. Zaxiralar muzlatilishi regulyatorning banklarni qo‘llab-quvvatlash qobiliyatini falajlaydi, rubl kursini ushlab turish uchun pul bozoriga intervensiyalar qilish imkoniyatidan mahrum qiladi.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top