21:49 / 01.03.2022
1242

Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida Lacetti avtomobili ag‘darildi

Foto: YHXX

Lacetti haydovchisi tezlikni oshirishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi piyodani urib yuborgan. Bu haqda YHXX xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 28 fevral kuni soat 16:40 larda, Toshkent viloyati, Parkent tumani hududidan o‘tgan 4P-187 avtomobil yo‘lining 13-kilometrida, haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan J.S. Lacetti rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tezlik oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetida ketayotgan piyoda, 2002 yilda tug‘ilgan X.A.ni urib yuborib, transport vositasi ag‘darilgan.

Natijada, piyoda X.A. tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga olib ketilgan.

Ushbu YTH yuzasidan Parkent tumani IIB TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top