17:28 / 01.03.2022
19409
Ukraina Gruziya va Qirg‘izistondagi elchilarini chaqirtirib oldi

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina diplomatlari o‘z so‘zlari va xalqaro huquq xiyonat qilgan mamlakatlarga nisbatan odilona yechimni amalga oshiradi.

Foto: Reuters

Ukraina Gruziya va Qirg‘izistondagi elchilarini konsultatsiya uchun chaqirtirib oldi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina diplomatlari o‘z so‘zlari va xalqaro huquq xiyonat qilgan mamlakatlarga nisbatan odilona yechimni amalga oshiradi.

"Qirg‘izistondagi elchini zudlik bilan konsultatsiya uchun chaqirtiramiz. Ukrainaga qarshi tajovuz oqlangani uchun. Bizga yordam bermoqchi bo‘lgan ko‘ngillilarga to‘siq qo‘ygani, sanksiyalar borasida oqilona pozitsiyada bo‘lmagani uchun Gruziyadan elchimizni chaqirtirib olamiz", - dedi Zelenskiy.

Avvalroq Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili uning mamlakati Rossiyaga qarshi moliyaviy va iqtisodiy sanksiyalarga qo‘shilmasligini bildirgandi.

Garibashvilining so‘zlariga ko‘ra, bu Gruziyaning milliy manfaatlariga ziyon yetkazadi.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top