10:52 / 01.03.2022
73464
Urushning beshinchi kuni. Suratlar

Ukrainaning ikkinchi yirik shahri Xarkovda tinch aholi o‘qqa tutildi.

Xarkovning o‘qqa tutilishi oqibatlari. Foto: Ukraina FVV/ EPA / Scanpix / LETA

Rossiya bosqinining beshinchi kunida, 28 fevral kuni Xarkov o‘qqa tutilishi oqibatida, Ukraina IIV ma’lumotiga ko‘ra, o‘nlab kishilar halok bo‘ldi. Kiyevda qat’iy komendantlik soatidan keyin yana oziq-ovqat do‘konlari ochildi va jamoat transporti ishlay boshladi. BMT ma’lumotiga ko‘ra, Ukrainani 500 mingdan ortiq kishi tark etgan. Belarusning Gomel oblastida Rossiya va Ukraina o‘rtasida ilk muzokaralar o‘tkazildi, tomonlar yana keyinroq uchrashishga kelishishdi. Quyidagi materialda urushning beshinchi kunidagi vaziyatni ifoda etuvchi suratlar.

Ukrainalik politsiyachilar Kiyevda harakatlanayotgan mashinalarni tekshirmoqda. Foto: Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

O‘tgan tundagi asosiy voqealar:

  • Yaponiya Putin, Medvedev, Lavrov va Shoyguga qarshi sanksiyalar kiritdi.
  • Walt Disney kompaniyasi o‘z filmlari Rossiya kinoteatrlarida namoyish etilishini to‘xtatdi. Warner Bros. premeraga bir kun qolganida «Betmen» namoyishini to‘xtatdi. Netflix Rossiya telekanallari translatsiyasidan bosh tortdi.
  • Harley-Davidson, Volvo, General Motors mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib berishni to‘xtatdi.
  • Mastercard o‘z tizimlarini Rossiyaning qator banklaridan uzib qo‘ydi.
  • Kanada dunyoda birinchi bo‘lib Rossiya nefti importidan voz kechdi.
  • 28 fevral kuni Rossiyada urushga qarshi aksiyalarda yana 400 nafardan ortiq kishi qo‘lga olindi.
Kiyev atrofidagi hududga zarbalar berilishi oqibatida yonib ketgan mashinalar. Foto: Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevda oziq-ovqat do‘koniga kirish uchun navbat, do‘konlar bo‘shab qolmoqda. Foto: Anastasia Vlasova / Getty Images
«Tez yordam» mashinasi Kiyevdagi bolalar shifoxonasiga suv keltirmoqda. Foto: Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Donetskda ayirmachilar nazoratidagi hududda uyi zarbaga uchragan ayol. Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevda bolalar shifoxonasi yerto‘lasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun karavotlar, bu yer bombapanagoh sifatida foydalanilmoqda
Foto: Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Urush kunlarida tug‘ilgan chaqaloq va onasi bombapanagohda, Kiyev. ​​Foto: Chris McGrath / Getty Images
Kiyevliklar okoplar qazishmoqda, 28 fevral. Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevda mudofaa kuchlarining nazorat-o‘tkazish punktida to‘xtatilgan mashinalar
Foto: Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Kiyev shahar kengashi derazalarini himoyalash uchun qo‘yilgan qum to‘ldirilgan qoplar
Foto: Zurab Kursikidze / EPA / Scanpix / LETA
RF prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy (chapda ikkinchi) va «Sluga naroda» partiyasining Oliy radadagi fraksiyasi rahbari David Araxamiya (o‘ngdan uchinchi) boshchiligidagi Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining Belarusning Gomel oblasti hududidagi uchrashuvi.
Foto: Sergei Kholodilin / BelTA / AP / Scanpix / LETA
Xarkovdagi janglardan keyin maktabning tashqi ko‘rinishi. Xarkov Rossiya bilan chegaradan 50 kilometr masofada joylashgan.
Foto: Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Shu maktabning boshqa tomondan ko‘rinishi. Foto: Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Lvovdagi vokzalda odamlar Polshaga ketadigan poyezdga chiqishmoqda. Foto: Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevning markaziy vokzalida odamlar evakuatsiya poyezdiga chiqish boshlanishini kutishmoqda. Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevda quyosh botishi. Portlash vaqtida shikastlanishning oldini olish uchun derazalarga maxsus himoya vositalari yelimlab yopishtirilgan.
Foto: Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Buchadagi ko‘prik vayron qilindi
Doimo ishora nishoni bilan chiqadigan Rossiya Markaziy banki rahbari Nabiullinaning motamsaro qiyofasi, RF prezidenti maslahatchisi Maksim Oreshkin ham kayfiyatini yashirgani yo‘q. Foto: Aleksey Nikolskiy/TASS

 

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top