18:03 / 01.03.2022
7463
YeI Rossiyaning yetti bankini SWIFT tizimidan uzib qo‘yishni muhokama qilmoqda

Qayd etilishicha, tizimdan uzib qo‘yiladigan banklar ro‘yxatiga VTB, "Rossiya", "FK Otkrytiye", Novikombank, Promsvyazbank, Sovkombank va "VEB.RF" kiritilgan.

Foto: AP

Yevropa ittifoqi Rossiyaning yettita bankini SWIFT banklararo ma’lumotlar almashish tizimidan uzib qo‘yish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bular VTB, "Rossiya", "FK Otkrytiye", Novikombank, Promsvyazbank, Sovkombank va "VEB.RF" banklaridir.

Qayd etilishicha, ro‘yxat o‘zgarishi mumkin.

Gazprombank va Sberbank ro‘yxatga hozircha kiritilmagani aytilmoqda.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top