21:30 / 02.03.2022
21068
Bayden Ukrainaning NATOga a’zolik masalasini alyans va Kiyev hal qilishini aytdi

Avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, Polsha prezidenti Anjyey Duda NATO Ukrainaga qo‘shin kiritmasligi va harbiy samolyotlarini jo‘natmasligini bildirgandi.

Foto: Reuters

Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish masalasini alyans va Kiyevning o‘zi hal qilishi kerak. AQSh prezidenti Jo Bayden ana shunday fikr bildirdi.

AQSh yetakchisining fikricha, buni "shubhasiz" NATO va Ukraina hal qilishi lozim.

Avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson alyans Rossiya bilan to‘qnashuvga bormasligini bildirgandi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, NATO Ukrainaga qo‘shin yoki harbiy samolyotlar yubormaydi.

"Gap faqat mudofaa tusidagi choralar to‘g‘risida bormoqda. Bu aniq-tiniq yangrashini istayman: biz Ukrainadagi Rossiya kuchlari bilan jang qilish niyatida emasmiz va bizning mamlakatlarimiz jo‘natayotgan kuchlar qat’iyan NATOga a’zo davlatlar chegarasida joylashtiriladi. Bu biz qilishimiz mumkin bo‘lgan eng to‘g‘ri ish", - dedi Jonson.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top