17:00 / 02.03.2022
14613
Qandli diabet: xavf omillari, belgilari va zamonaviy terapiya imkoniyatlari

“Qandli diabet” atamasi uglevod almashinuvining buzilishi natijasida yuzaga keluvchi endokrin tizimi kasalliklarining butun guruhini o‘z ichiga oladi. Organizmda oshqozon osti bezi ishlab chiqaradigan insulin gormoni yetishmovchiligi yuzaga keladi yoki tana hujayralari unga adekvat darajada javob berishni to‘xtatadi. Natijada qon plazmasidagi glyukoza darajasi oshib ketadi, bu hujayralarning energiya yetishmovchiligidan aziyat chekishiga va oziq-ovqatdan yetarli uglevodlar qabul qilsa ham, uglevodga to‘yinmasligiga olib keladi.

Bugungi kunda Xalqaro diabet federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lgan insonlarning har o‘n nafaridan bittasiga qandli diabet tashxisi qo‘yilgan – bu butun dunyo bo‘yicha 537 milliondan ko‘proq odam degani.

Kasallik rivojlanishi xavfining asosiy omillari – irsiyat, yengil uglevodlar, tozalangan oziq-ovqat, fastfud, to‘yingan va transyog‘lar iste’mol qilish, shuningdek, ozuqaviy tolalar yetishmovchiligi, ortiqcha vazn va semirish, endokrin tizimidagi patologiyalar va uzoq muddatli, surunkali stressdir.

Qandli diabet kam aniqlanadigan kasalliklar sirasiga kiradi – Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, qandli diabetdan aziyat chekuvchi insonlarning yarmidan ko‘pi o‘z kasalliklari haqida bilishmaydi. Dastlabki bosqichda qandli diabetning alomatlari deyarli sezilmaydi, kasallikning ilk xavotirli belgilari uchraganda esa, ko‘pchilik bemorlar uni haddan ziyod ishlash, infeksiyalar yoki stress ta’siri bilan adashtirishadi.

Qandli diabetning asosiy belgilariga og‘iz bo‘shlig‘ining quruqlashishi, yetarlicha yoki ortiqcha suyuqlik iste’mol qilganda ham kuchli kuchli tashnalik his qilish, tez-tez bovul qilish, terining quruqlashishi, tovon, tizza va tirsaklarda qichishish, tez vazn olish yoki birdan ozib ketish, yetarlicha taom iste’mol qilganda ham doim ochlik hissi, terlashning kuchayishi, ter va nafasning o‘ziga xos shirin hidi, teridagi tirnalgan joylar va yaralarning sekin bitishi, doimiy charchoq, uyquchanlik va ish samaradorligining pasayishi kabi belgilar kiradi.

Ushbu belgilar paydo bo‘lgan vaqtda mutaxassislar endokrinologga borishni kechiktirmaslikni maslahat berishadi.

“Qandli diabet” tashxisi qo‘yilgan taqdirda ham, zamonaviy tibbiyot bemorlarning hayot sifatini yuqori darajada saqlashga imkon beruvchi samarali davolash imkoniyatlarini taqdim etadi.

Bunday innovatsion yechimlardan biri – bir martalik shprits-qalamlardagi inson insulinining zamonaviy muqobilidir. Yupqa ignalari tufayli bu turdagi ukollar foydalanish paytida og‘riqsizdir, bu esa insulin bilan davolash jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi.

Yaqinda Sanofi kompaniyasi O‘zbekistondagi qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar ham olishi mumkin bo‘lgan bazal insulinlarining yangi avlodini taqdim etdi. 2021 yilda mamlakatimizdagi qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar soni 245 mingdan ziyodni tashkil qildi, ulardan 2300 nafari bolalar va 879 nafari o‘smirlardir.

Preparatning qabul qilinishi davolanishga ko‘proq ergashishlikka ko‘maklashadi: yangi avlod bazal insulini bir kunda bir marta qabul qilinadi, tarkibining xavfsiz va samarador ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan.

Dozatorli bir martalik ixcham shprits-qalamlar bemorga dozani qulay moslashtirishga yordam beradi, va preparatning ta’siri 24 soatdan ortiq davom etishi tufayli, agar zarurat bo‘lganda uni qabul qilish vaqtini odatiy ineksiya vaqtidan 3 soat avval yoki 3 soat keyinga ko‘chirish mumkin.

Terapiyaning samaradorligi, shuningdek, preparatni qabul qilish usulining soddaligi bemorlarning davolanishni erta to‘xtatish holatlarini kamaytirishga, shu orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olishga ko‘maklashadi. Bu esa hayot sifatini yaxshilashga va terapiyadan ko‘zlangan maqsadlarga yetishish darajasining oshishiga olib keladi.

Reklama huquqi asosida

Top