19:58 / 02.03.2022
22133

Ukraina tashqi ishlar vaziri Rossiyaning ultimatumlari qabul qilinmasligini aytdi

Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, navbatdagi muzokaralar qachon o‘tkazilishi hozircha noma’lum.

Foto: Reuters

Ukraina Rossiya bilan muzokaralarning yangi raundiga tayyor, ammo qachon bo‘lib o‘tishini bilmaydi, dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba.

U Kiyev diplomatiyaga tayyorligini, ammo Moskvaning ultimatumlari qabul qilinmasligini aytdi.

«Muzokaralarning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Rossiyaliklarning talablari o‘zgarmayapti – bular Putin o‘z murojaatida aytgan talablar»,— dedi Kuleba.

«Biz muzokaralarga, diplomatiyaga tayyormiz, ammo aslo Rossiyaning ultimatumlarini qabul qilishga tayyor emasmiz»,— deya qo‘shimcha qildi u.

Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, yangi muzokaralar qachon o‘tkazilishi hozircha noma’lum.

Avvalroq, Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovich Rossiya bilan muzokaralarning ikkinchi raundi 2 mart kuni kechqurun o‘tkazilishini aytgandi. Uchrashuv o‘tkazilishini Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham tasdiqlagan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top