22:26 / 03.03.2022
66632

Makron Putin bilan gaplashganidan so‘ng “eng yomoni hali oldinda” ekanligini aytdi

Putin “Donbassni himoya qilish operatsiyasi davomida Rossiya harbiy jinoyatlar sodir etayotgan millatchi qurolli tuzilmalarga qarshi murosasiz kurashni davom ettirishi”ni bildirgan.

Foto: AFP

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali qilgan muloqotidan so‘ng Ukrainadagi vaziyat yanada yomonlashishi mumkin deb hisoblamoqda. Bu haqda BFM telekanali xabar berdi.

"Prezident eng yomoni hali oldinda degan fikrda, Putinning so‘zlari hech qanday umid bermadi", - degan Makron ma’muriyati vakili.

Kreml matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Putin Makron bilan suhbat chog‘ida Kiyevning davlat siyosatida neonatsistlarning roli katta ekanligini bildirgan.

Putin “Donbassni himoya qilish operatsiyasi davomida Rossiya harbiy jinoyatlar sodir etayotgan millatchi qurolli tuzilmalarga qarshi murosasiz kurashni davom ettirishi”ni bildirgan.

Shuningdek, "maxsus harbiy operatsiya vazifasi har qanday holatda bajarilishi”ni ta’kidlagan.

Bu bir hafta ichida Putin va Makron o‘rtasidagi uchinchi muloqot bo‘ldi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top