16:38 / 03.03.2022
15956
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 10 900 so‘mdan oshdi

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 4 martdan amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,42 so‘mga ko‘tarilib, 10 900,25 so‘mni tashkil qildi. Yevro 10,50 so‘mga ko‘tarilib, 12 077,48 so‘m bo‘ldi.

Rubl esa qulashda davom etmoqda, Rossiya valutasi bir kunda 6,69 so‘mga qadrsizlanib, 1 rubl 93,04 so‘mga teng bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar kuni O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 900 so‘mdan oshgandi. 

Mavzuga oid
Top