08:22 / 03.03.2022
14053

Sportni rivojlantirish vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston prezidenti qaroriga muvofiq sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosarlari tayinlandi

Qarorga ko‘ra:

Abdulla Aslanov

Abdulla Aslanov O‘zbekiston sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Shahrillo Mahmudov

Shahrillo Mahmudov O‘zbekiston sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Murod Ismoilov esa moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimiga tayinlangan.

Murod Ismoilov

U 2014-2017 yillarda Madaniyat va sport ishlari vazirligi Iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan, hozirga qadar Hisob palatasi Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish sho‘basi mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni deputatlar O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – turizm va madaniy meros vaziri lavozimiga Aziz Abduhakimov nomzodini ma’qullagan edi. Majlisda, shuningdek, sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga Adham Ikromov nomzodi ham ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

2021 yil aprel oyida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi birlashtirilib, Turizm va sport vazirligi tuzilgan, vazir lavozimiga Aziz Abduhakimov tayinlangan edi. Mazkur vazirlik negizida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi tuzildi.

Mavzuga oid
Top