12:11 / 03.03.2022
7966

Surxondaryoda Lacetti bilan Damas o‘zaro to‘qnashdi. Yo‘lovchi vafot etdi

Lacetti mashinasi haydovchisining qoidalarni buzgan holda tez harakatlanishi mazkur YTHga sabab bo‘lgan.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati

Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 28 fevral kuni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-108B avtomobil yo‘lining Sariosiyo tumani Sa’diy Sheroziy mahallasi hududidan o‘tgan 3-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Bir-biriga qarab harakatlanib kelayotgan Lacetti va Damas mashinalari o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda Damas yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Lacetti mashinasi haydovchisi qoidalarni buzgan holda katta tezlikda harakatlanib kelib Damas’ning yo‘liga chiqib ketgan.

2022 yil 2 mart kuni viloyat IIB YHXB boshlig‘i, viloyat Avtoyo‘l boshqarmasi rahbarlari, tuman hokimligi mutasaddilari, haydovchilar va Sa’diy Sheroziy mahallasi faollari ishtirokida mazkur YTH yuzasidan muhokama o‘tkazilgan. Muhokama jarayonida aynan YTH yuz bergan joyda ko‘zi ojizlar jamiyati joylashgani ma’lum bo‘lgan.

Shundan so‘ng mazkur joyda tugmali va signalli svetofor o‘rnatish, tezlikni soatiga 30 kilometrgacha cheklash va tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan transport vositalari harakatini multiradarlar bilan nazorat qilish choralarini ko‘rish belgilangan.

Top