11:49 / 04.03.2022
24667
Reklama

Har bir ota-ona go‘dakning yo‘tali haqida nimalarni bilishi kerak? Bu haqdagi sirni baham ko‘ramiz!

Qish an’anaviy ravishda shamollash, O‘RVI va gripp uchun mavsum deb hisoblansa-da, bu kasalliklar yilning istalgan mavsumida rivojlanishi mumkin. Bola qanchalik yosh bo‘lsa, xavf shunchalik yuqori bo‘ladi. Shamollash, O‘RVI va grippning xarakterli belgilaridan biri yo‘taldir. Hayotning birinchi yillarida deyarli har bir go‘dak yo‘tal kabi yoqimsiz simptomga duch keladi. Yo‘tal – organizmning tashqi muhit (allergen, ovqat qoldiqlari, mikroorganizmlar)ning agressiv ta’siriga bo‘lgan himoya javob reaksiyasi hisoblanadi. Boshqacha aytganda yo‘tal nafas yo‘llarini turli zararli omillardan tozalanishining eng samarali usuli sanaladi. Boladagi yo‘tal (lotin. tussis) – pediatr bilan bog‘lanishning eng keng tarqalgan sabablaridan biridir.

Go‘daklarni davolashda dori vositalarini juda ehtiyotkorlik bilan tanlash lozim. Dorining tarkibi, xavfsizligi, samaradorligi, mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’siri muhim ahamiyatga ega. Shubhasiz, dorining yoqimli ta’mi va xushbo‘yligi afzallik hisoblanadi. Ko‘pincha go‘daklarga yo‘talga qarshi siroplar tavsiya etiladi, chunki ular chaqaloqning oshqozon-ichak traktiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, ular yumshoq, lekin samarali ta’sir qiladi.

O‘tkir respirator virusli infeksiyalarning dastlabki kunlarida yo‘tal quruq yoki balg‘amsiz bo‘ladi. Ammo bir necha kun davomida yallig‘lanish, pastki nafas yo‘llari shilliq qavatlarida ortiqcha balg‘am ishlab chiqarishiga olib keladi. Bu esa nafas yo‘llarida nam, balg‘amli yo‘tal hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi.

Yo‘tal xalqumning yallig‘lanishi, bronxlar yallig‘lanishi, allergik kasalliklar, bronxial astma, ko‘k yo‘tal, qizamiq va ayrim hollarda gelmentoz natijasida vujudga kelishi mumkin. Bundan tashqari, yosh bolalarda quruq yo‘talning paydo bo‘lishi nafas yo‘llaridagi yot jismlar sababli ham bo‘lishi mumkin. Shu sababli yo‘talning sababini aniqlash, uni to‘g‘ri davolashda muhim omil hisoblanadi.

O‘tkir respirator virusli infeksiyalar sababli vujudga kelgan quruq yo‘talni davolashning asosiy maqsadi uni ho‘l, balg‘amli shaklga o‘tkazishdir. Buning uchun mukolitik, balg‘am ko‘chiruvchi va yo‘talga qarshi dorilardan tashqari, yotoqda dam olish, ko‘p miqdorda iliq ichimliklar ichirish va ishqoriy ingalyatsiyalar qo‘llaniladi.

Boladagi quruq tungi yo‘tal o‘tkir laringotraxeitning alomati bo‘lishi mumkin. Bu holatda yuqoridagi chora-tadbirlardan tashqari bola joylashgan xonadagi havo yetarli darajada salqin va namlikda bo‘lishiga ham ahamiyat berish lozim.

Nam, balg‘amli yo‘talni davolashda barcha davo choralari balg‘am ajralishi samaradorligini oshirishga qaratiladi. Buning uchun balg‘amning yopishqoqligini kamaytiruvchi va uning chiqishini yaxshilovchi yo‘talga qarshi vositalar qo‘llaniladi.

Ko‘p holatlarda bolalar uchun o‘simliklardan tayyorlangan dorilar tavsiya etiladi, bu dorilar balg‘amning nafas yo‘llari orqali tezroq chiqishini ta’minlashga yordam beradi. Agar yo‘talga qarshi dorilar tarkibiga arpabodiyon, qizilmiya ekstraktlari kiritilgan bo‘lsa, bu komponentlarning ichni yumshatish ta’sirini hisobga olish kerak. O‘simliklardan tayyorlangan dori vositalaridan foydalanganda, dorining tarkibiy qismlariga allergik reaksiyalar paydo bo‘lish ehtimolini istisno qilish kerak.

Aerolet siropi chaqaloqlardagi quruq va nam yo‘talni davolash uchun tavsiya qilinadi. U faqat tabiiy ingrediyentlarni o‘z ichiga oladi va asosiy faol modda – pechak barglari ekstraktini saqlaydi. Aeroletning balg‘am ko‘chiruvchi ta’siriga qo‘shimcha ravishda bronxlarni kengaytiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’siri xam  mavjud bo‘lib, bu ayniqsa bronxoobstuksiya bilan kechuvchi kasalliklarni davolashda samarali hisoblanadi.

 Siropni qo‘llashda yosh cheklovlari yo‘q, shu sababli bolada yo‘talni davolash uchun, hatto hayotning birinchi kunlaridan ham foydalanish mumkin.   

Aerolet qulay shisha idishlarda o‘lchov qalpoqchasi bilan ishlab chiqarilib, tarkibida spirt, shakar va bo‘yoqlar saqlamaydi. Aerolet siropining shubhasiz afzalligi shundaki, u yoqimli gilos ta’miga ega.

O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!

Reklama huquqi asosida

Top