07:31 / 04.03.2022
4112
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi

Islomoboddagi muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Imron Xon O‘zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha kelgusi qadamlar to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

Shuningdek, hukumatlar va idoralar o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risida, atrof-muhitni asrash, ziyorat turizmi, temiryo‘l sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar, Surxondaryo viloyati bilan Xayber-Paxtunxva provinsiyasi, Toshkent shahri bilan Islomobod shahri o‘rtasida shartnomalar kabi 10 ga yaqin hujjat imzolandi.  

Bundan tashqari, tashrif arafasida o‘tgan biznes forumda 800 million dollarlik qo‘shma savdo va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Mavzuga oid
Top