17:05 / 04.03.2022
43825
O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindi
Foto: KUN.UZ

Kuchli yomg‘irlar sababli tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel xavfi e’lon qilindi. 5-9 mart kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchilar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.

«O‘zgidromet»ning xabar berishicha, joriy yil 5-9 mart kunlari O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda. Shu sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilinadi.

Jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor, Koson tumanlarida.
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on tumanlarida.
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on tumanlarida.
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida.
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarobod tumanlarida.
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Yuqori Chirchiq, Piskent, Bekobod tumanlarida.
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida.
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida.
  • Andijon viloyati: Andijon, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Ulug‘nor tumanlarida sel kelishi xavfi e’lon qilinadi.

«Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top