Juma namozi vaqtida ikki nafar qurollangan terrorchi masjidga hujum qilgan.
Pokistonning Peshovar shahridagi masjidda hudkushlar sodir etgan portlash oqibatida 56 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Dawn nashri xabar berdi.
Nashrning ma’lumot berishicha, juma namozi vaqtida ikki nafar qurollangan terrorchi masjidga kirishga uringan.
Ular darvoza oldida turgan politsiyachilarga o‘t ochgan. Otishma vaqtida terrorchilardan biri masjidga kirgan va portlovchi qurilmani harakatga keltirgan.
Xabar qilinishicha, portlash natijasida 194 kishi turli darajada jarohatlangan.