20:34 / 04.03.2022
7063
Qonuniylikni buzgan bir nafar sudya lavozimidan ozod etildi, besh nafar sudya intizomiy jazoga tortildi
Foto: Getty Images

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabar berishicha, odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganligi uchun bir nafar sudya lavozimidan ozod etildi. Mas’uliyatsizligi va faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun turli viloyatlarda ishlayotgan besh nafar sudya intizomiy jazoga tortildi.

Qayd etilishicha, Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining sudyasi Baxtiyor Kutliyev faoliyati davomida odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganligi uchun lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.

Shuningdek, mas’uliyatsizligi va faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun:

Xorazm viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyalari G‘aybulla Mirzayev va Xushnud Boltayev;

Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudining raisi Jamolbek Jumaniyozov;

Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining sudyasi Ulug‘bek Hamdamov;

Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa sudining sudyasi Ozodbek Ne’matullayev intizomiy jazoga tortildi.

Avvalroq, Sakkiz nafar sudya intizomiy jazoga tortilganligi haqida xabar berilgan edi.

Top