12:46 / 04.03.2022
28684
The Times: Zelenskiyga bir haftada 3 marta suiqasd qilindi

The Times nashrining yozishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘tgan haftada kamida uchta suiqasddan omon qolgan.

Foto: SERGEI SUPINSKY / AFP / GETTY IMAGES

The Times nashrining yozishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘tgan haftada kamida uchta suiqasddan omon qolgan.

Ukraina prezidentini o‘ldirish uchun Kreml tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi yollanma askarlari va Checheniston maxsus kuchlari yuborilgan. Nashrning ma’lum qilishicha, ikkala holatda ham suiqasd Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Ukrainadagi urushga qarshi xodimlari tufayli to‘xtatib qolingan.

Kiyevdagi suiqasdga urinish davomida «Vagner» yollanma askarlari ham, chechenistonlik harbiylar ham yo‘qotishlarga uchragan.

Ukrainaga bostirib kirgan rus askarlari Kiyevga yaqinlasha boshlagach, Vladimir Zelenskiy xavfsizlik nuqtai nazaridan bunkerga olib tushilgan edi.

Shuningdek, Zelenskiy 25 fevral kuni xalqqa murojaatida dushmanlar uni «1-raqamli nishon», oilasini esa «2-raqamli nishon» deb belgi qo‘yganini aytgan.

Top