20:40 / 04.03.2022
16762
Turkiya Rossiya uchun havo kengliklarini yopmasligini ma’lum qildi

Chovusho‘g‘lu Anqara Rossiya bilan ham, Ukraina bilan muloqotni davom ettirayotganini bildirdi.

Foto: Chris McGrath/Getty Images

Turkiya Rossiya uchun havo kengliklarini yopmaydi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu ma’lum qildi.

"Anqara Rossiya uchun havo kengliklarini yopmaydi. Turkiya uchun havo kengliklarining ochiqligi strategik va gumanitar nuqtai nazardan muhim hisoblanadi", - dedi u.

Chovusho‘g‘lu shuningdek, Anqara Rossiya bilan ham, Ukraina bilan ham muloqotni davom ettirayotganini bildirdi.

“Agar sharoit imkon bersa, biz Antalyadagi diplomatik forum doirasida (11-13 mart kunlari) Lavrov va Kuleba o‘rtasida uchrashuv tashkil etishga tayyormiz”, - dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top